"Bavariya" 34 marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Bundesliganing 32-turida Vensan Kompani shogirdlari mehmonda “Leypsig” bilan durang o‘ynadi (3:3), “Bayer” safarda “Frayburg” bilan ochko bo‘lishib, 2:2 o‘ynadi.
Shu tariqa, “Bavariya” muddatidan avval Bundesliga turnir jadvalida birinchi o‘rinni egalladi. "Bayer" endi ikki o‘yinda peshqadam bilan 8 ochkolik farqni to‘ldira olmaydi.
Qayd etish joiz, 34 titul Bundesliga rekordi hisoblanadi. "Nyurnberg"da 9ta, "Borussiya Dortmund"da 8ta chempionlik bor.
Myunxenliklar so‘nggi 13 yil ichida 12 marta Germaniya chempioni bo‘lishdi. O‘tgan mavsumda "Bavariya" "Bayer" va "Shtutgart"dan keyin uchinchi o‘rinni egallagandi.