Sadio Mane "Manchester Siti"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng jamoadoshi Leroy Sanega musht tushirdi.
"Bavariya" Chempionlar ligasi 1/4 finalining birinchi o‘yinida ingliz klubiga yutqazdi (0:3).
Bild nashri xabariga ko‘ra, Mane o‘yindan keyin kiyinish xonasida Leroy Sanening yuziga musht tushirgan. Shu tariqa, Sadio Myunxen klubidagi jamoadoshining labini yorib qo‘ygan.
O‘yin davomida maydonda futbolchilar o‘rtasida kelishmovchiliklar boshlandi, 83-daqiqada ularning bahsi o‘yin epizodlaridan biridan so‘ng translyasiyaga tushib qoldi, shundan so‘ng kiyinish xonasida ham mojaro barham topmadi. Sanening maydonda u bilan gaplashishi Manega yoqmagan bo‘lsa kerak.
O‘yinchilarni yana ikkita "Bavariya" o‘yinchisi ajratib qo‘ydi. Sane tinchlanishi uchun uni "Etihad" stadionidagi kiyinish xonasidan olib chiqib ketishdi.
Klub hozircha bu hodisaga rasman izoh bermadi.