Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

"Bavariya" birdaniga 6 futbolchisini sotishi mumkin

"Bavariya" birdaniga 6 futbolchisini sotishi mumkin

Myunxenning "Bavariya" klubi yozgi transferlar davrida futbolchilarni keng miqyosda sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Kristian Falk o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali ma’lum qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, birinchi navbatda Bundesliga chempioni himoyachi Kim Min Je, tayanch yarim himoyachi Joau Palinya va vinger Kingsli Komanni sotmoqchi. Shuningdek, "ketadiganlar" ro‘yxatida Brayan Saragosa, Sasha Boe va Daniel Peres ham bor.

Bugun, 15 iyun kuni myunxenliklar klublar o‘rtasidagi jahon chempionati - 2025 musobaqasini boshlaydi. Guruh bosqichining dastlabki turida Vensan Kompani shogirdlari "Oklend Siti" bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 15:49 15.06.2025. O'qildi: 630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!