Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Batafsil: Qirg‘izistonga ham dahshatli sel keldi (VIDEO)

A A A
Batafsil: Qirg‘izistonga ham dahshatli sel keldi (VIDEO)

Qirg‘izistonda, Botken viloyatining Isfana shahrida toshqin sodir bo‘ldi, ko‘chalar va uylarni sel bosdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 2 may kuni soat 18:30 atrofida yuz berdi. Botken viloyati Laylak tumanidagi Isfanada, Vostochnaya ko‘chasidagi uylar suv ostida qolgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, toshqinga kuchli do‘l yog‘gani sabab bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vaziri Zamirbek Asqarov nomidan vazir o‘rinbosari Ravshan Risbayev boshchiligidagi ishchi guruh Laylek tumaniga jo‘nab ketdi.

Vazir vaziyatni nazoratga oldi.

 

Kiritildi: 16:44 03.05.2020. O'qildi: 7621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!