Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

"Barselona" yozda boshqa yangi futbolchi sotib olmaydi

"Barselona" yozda boshqa yangi futbolchi sotib olmaydi

"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubning transfer rejalari haqidagi savolga javob berdi.

Yozda "ko‘k-anorranglilar" safini "Espanyol"dan 25 mln yevroga sotib olingan darvozabon Joan Garsiya va "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan vinger Markus Reshford to‘ldirdi.

"O‘ylaymanki, bu yozda yangi transferlar bo‘lmaydi. Bizda yaxshi tarkib bor va murabbiy ikkinchi jamoa o‘yinchilarini jalb qilmoqchi, shuning uchun hozircha yangi bitimlarni kutmayapmiz," - dedi 2021 yildan beri o‘z lavozimida ishlab kelayotgan Laporta Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

16 avgust kuni Ispaniyaning amaldagi chempionlari La Liganing yangi o‘yinini safarda "Malyorka"ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Kiritildi: 13:42 26.07.2025. O'qildi: 478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!