"Barselona" klubi rasmiy saytida yangilangan "Kamp Nou" stadionidagi ilk o‘yinning kechiktirilgani haqida ma’lum qildi. Bunga qurilish ishlariga munisipal aralashuvni tartibga soluvchi qaror talablari sabab bo‘lgan. Ushbu talablar dastlabki ruxsatnomani olish uchun zarur jarayonlarni yakunlashga to‘sqinlik qilgan.
Dastlab, "ko‘k-anorranglilar" 10 avgust kuni "Kamp Nou"da Joan Gamper kubogi uchun o‘yin o‘tkazishi rejalashtirilgan edi.
"Klub barcha talablarni bajarish maqsadida Barselona shahar kengashi va tegishli hokimiyat organlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, stadiondan foydalanishga qaytish sanasiga oid har qanday o‘zgarishlar haqida muxlislarni xabardor qilib boradi," - deyiladi Kataloniya klubi bayonotida.