Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Barselona» Yamalning turmush tarzidan xavotirda

«Barselona» Yamalning turmush tarzidan xavotirda

"Barselona" rahbariyatida vinger Lamin Yamal borasida xavotir bor. Cadena SER’dagi El Larguero dasturida 18 yoshli futbolchining turmush tarzi klubni tashvishga solayotgani haqida ma’lumot berildi.

"Ko‘k-anorranglilar"ga so‘nggi oylarda Yamal bilan sodir bo‘lgan ba’zi voqealar yoqmayapti.

Taxmin qilish mumkinki, "Barselona" Yamalning shaxsiy hayoti haqidagi mish-mishlardan, shuningdek, o‘yinchining shov-shuvli ziyofatidan norozi.

2025/2026 yilgi mavsumda Lamin Yamal beshta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va to‘rtta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 19:00 17.10.2025. O'qildi: 1304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!