"Barselona"ning moliyaviy ishlari ko‘ngildagidek emas. Avval xabar qilinganidek, auditor Kataloniya klubining moliyaviy hisobotiga 100 million yevrolik VIP-joylarni sotish bo‘yicha bitim kiritilishini ma’qullamagan.
Relevo xabariga ko‘ra, endi "Barselona" yozda vinger Lamin Yamal va darvozabon Voysex Shesni kabi futbolchilar bilan shartnomani uzaytirish uchun kimnidir sotishi kerak.
Vaziyat qurboni himoyachi Ronald Arauxo bo‘lishi mumkin. Manbaning ta’kidlashicha, "Barselona" urugvaylik futbolchini yozgi transfer oynasida sotib yuborishi mumkin. Arauxoning yanvar oyida imzolangan amaldagi shartnomasida uni 65 million yevroga sotib olish bandi ko‘rsatilgan.