Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Barselona" Xasbikni "Kamp Nou"ga taklif qildi

"Barselona" Xasbikni "Kamp Nou"ga taklif qildi

Xasbik nomi bilan tanilgan rossiyalik mashhur bloger Xasbulla Magomedov "Barselona"dan yangilangan "Kamp Nou" stadionidagi ikki o‘yinni tomosha qilish uchun rasmiy taklif oldi. Bu haqda Ayub Gumbatov ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Xasbik 28 sentyabr kuni "Real Sosyedad"ga qarshi o‘yinda, shuningdek, 19 oktyabr kuni "Jirona"ga qarshi bahsda kataloniyaliklar mehmoni bo‘ladi.

Dog‘istonlik 23 yoshli yigit 2020 yilda internetdagi virusli roliklar tufayli mashhurlikka erishgan. 2022 yilda u UFC elchisiga aylandi.

Kiritildi: 19:01 10.09.2025. O'qildi: 675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!