"Barselona" Xans Flikning so‘nggi klubi bo‘lishi mumkin.
Mundo Deportivo'ning ta’kidlashicha, "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi yana ko‘p yillar ishlash niyati yo‘qligini bir necha bor ta’kidlagan.
Qayd etilishicha, germaniyalik mutaxassis "Barselona"dan ketgach, faoliyatini yakunlashini istisno qilmayapti.
Tez orada Flik klub bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytiradi. Hozirda "Bavariya" va Germaniya terma jamoasining sobiq murabbiyi 60 yoshda.