Bugun 12 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Barselona" va "Real" niderlandiyalik yulduz uchun kurashadi

"Barselona" va "Real" niderlandiyalik yulduz uchun kurashadi

“Barselona” klubi “Liverpul” yarim himoyachisi Rayan Gravenberxni qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Fichajes xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar ushbu qimmat transferni amalga oshirish uchun bir necha futbolchilarni sotishga tayyor ekanliklarini bildirgan. Jamoa rahbariyati 23 yoshli niderlandiyalikni eng ustuvor transfer maqsadlaridan biri deb hisoblamoqda.

Rayanga nafaqat “Barselona”, balki Madridning “Real” klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Shu bilan birga, Gravenberx Ispaniya chempionlariga o‘tish ehtimolini rad etmagan, bu esa yozgi transfer oynasida ikki jamoa o‘rtasidagi raqobatni yanada kuchaytiradi.

Futbolchining "qizillar" bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uni 90 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:57 11.11.2025. O'qildi: 342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!