Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Barselona” o‘z yulduzidan norozi

“Barselona” o‘z yulduzidan norozi

Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘z hujumchisi Robert Levandovskidan norozilik bildirdi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Futbolchi 12 oktyabr kuni Polsha terma jamoasi Jahon chempionati—2026 saralash bosqichi doirasida Litvaga qarshi bahsda (2:0) maydonga tushgan edi. Levandovski o‘yin davomida mavsum boshida jarohat olgan joyida yana og‘riq sezganiga qaramay, uchrashuvni davom ettirgan. Uning son qismi bog‘langan holda o‘ynashda davom ettirgan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, polshalik forvard taxminan bir oygacha safdan chiqdi. Shu bois u 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “el-klasiko”da ham ishtirok etmasligi kutilmoqda.

Klub rahbariyati bu holatdan qattiq norozi bo‘lib, futbolchilar jarohat yoki noqulaylik sezgan zahoti bu haqda darhol ma’lum qilishlari lozimligini ta’kidlamoqda. Ayniqsa, 37 yoshli Levandovskining o‘z sog‘lig‘ini ehtiyot qilishi talab etilmoqda.

Joriy mavsumda Robert La Ligada 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.

Kiritildi: 09:22 16.10.2025. O'qildi: 757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!