"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoani yozgi transferlar vaqtida o‘zgarishlar kutayotganini aytdi.
Kataloniya grandi ichki arenadagi barcha turnirlarda g‘alaba qozondi, ammo baribir bozorda kuchayish niyatida.
"Bu yozda "Barselona" tarkibida o‘zgarishlar bo‘ladi. Raqiblar ham kuchayadi - ular jamoamiz hozir eng yaxshi ekanini ko‘rishdi," - deya Laportaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.