Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Barselona" so‘nggi 1 yarim yil ichida 15 nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

"Barselona" so‘nggi 1 yarim yil ichida 15 nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

"Barselona" futbolchilar bilan faol ravishda yangi shartnomalar tuzishda davom etmoqda. Yaqinda himoyachi Erik Garsiya 2031 yilgacha mo‘ljallangan yangi bitimni imzoladi.

Barca Universal’ning qayd etishicha, 24 yoshli ispaniyalik futbolchi so‘nggi bir yarim yil ichida "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomani uzaytirgan o‘n beshinchi futbolchiga aylandi. Avvalroq, Lamin Yamal, Rafinya Dias, Fermin Lopes, Gavi, Pedri, Frenki de Yong, Mark Bernal, Mark Kasado, Jerar Martin, Alexandro Balde, Ronald Arauxo, Pau Kubarsi, Jyul Kunde va Voysex Shesni klub bilan shartnoma imzolagan edi.

"Barselona" La Liga 16-turidan keyin turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va "Real"ni 4 ochkoga ortda qoldirmoqda. Shanba kuni Xans-Diter Flik jamoasi "Osasuna"ni o‘z uyida qabul qiladi.

Kiritildi: Bugun 07:45. O'qildi: 345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!