Bugun 13 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Barselona» stadionida ikki mamlakat ishchilari mushtlashdi

«Barselona» stadionida ikki mamlakat ishchilari mushtlashdi

Barselonadagi «Kamp Nou» stadioni qurilishida ishlayotgan rumin va alban ishchilari o‘rtasida janjal chiqdi. Olti kishi jarohat olgan, mushtlashuvda qatnashganlarning ko‘pchiligi ishdan haydaldi, deb xabar berdi Cope nashri.

Janjalga nima sabab bo‘lgani noma’lum.

Manbaga ko‘ra, bu birinchisi emas, yarim yil avval ham mushtlashuv chiqib, ikki ishchi jarohatlangandi.

«Barselona» stadionini qayta ta’mirlash anchadan buyon davom etyapti, klub uy o‘yinlarini «Monjuik» stadionida o‘tkazmoqda.

Yangilangan arena 2024 yil yakunida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan edi, biroq sana kechiktirildi. Katta ehtimol bilan «ko‘k-anorranglilar» 2025 yilning fevraliga borib yangi «Kamp Nou»da ilk o‘yinini o‘tkazishi mumkin. Stadionda qurilish kechayu kunduz davom etmoqda.

Kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Flik boshchiligidagi «Barselona» so‘nggi 10 o‘yinning 8 tasida g‘alaba qozongan.

Kiritildi: Bugun 00:41. O'qildi: 660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!