Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

«Barselona» sobiq vingerini ortga qaytarmoqchi

«Barselona» sobiq vingerini ortga qaytarmoqchi

Hozirda Sevilyaning «Betis» klubida to‘p surayotgan marokashlik hujumchi Abde Ezzalzuli Kataloniyaning «Barselona» klubi qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda ESPN telekanali jurnalistlari xabar bermoqda.

Ta’kidlash joizki, hujumchi avval ham — 2021 yildan 2023 yilgacha «ko‘k-anorranglilar» sharafini himoya qilgan. O‘shanda futbolchi 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan edi. Shundan so‘ng marokashlik futbolchi ijara asosida «Osasuna»da o‘ynadi va keyinchalik «Betis»ga o‘tdi.

Ezzalzulining Sevilya klubi bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ekspertlari uning bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: Bugun 13:58. O'qildi: 308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!