Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Barselona sherlarda ham koronavirus aniqlandi

Barselona sherlarda ham koronavirus aniqlandi

Barselona hayvonot bog‘idagi to‘rtta sherda koronavirus aniqlangan. Bu ushbu turdagi hayvonlarda "Covid-19" bilan zararlanishning ikkinchi holati hisoblanadi. Aprelda Nyu-Yorkda ham sherlarda koronavirus aniqlangan edi.

Manbaning yozishicha, hayvonlarda koronavirusning yengil alomatlari paydo bo‘lgandan keyin sherlar va hayvonot bog‘i xodimlaridan test olingan. Test natijalariga ko‘ra, to‘rtta sher va ikki nafar bog‘ xodimida virus aniqlangan.

Shundan so‘ng Barselona veterinariya xizmati Nyu-Yorkdagi Bronks hayvonot bog‘idagi hamkasblari bilan bog‘langan. Negaki, aprel oyida bu yerda to‘rtta yo‘lbars va uchta sherda "Covid-19" aniqlangan edi.

«Sherlarda kasallik yengil o‘tdi, ular muvaffaqiyatli davolandi», deydi hayvonot bog‘i xodimi.

Ma’lum qilinishicha, arslonlar 16 yoshda, ular boshqa hayvonlar bilan aloqada bo‘lmagan. Ayni paytda mutaxassislar yirtqichlarga kasallik qanday yuqqanini aniqlashmoqda.

Kiritildi: 10:51 09.12.2020. O'qildi: 2084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!