"Barselona" payshanba kuni mavsumoldi tayyorgarlik doirasida "Seul"ni 7:3 hisobida mag‘lub etdi. "Ko‘k-anorranglilar" klubi telekanalining efirida sharhlovchi "Real" afsonasi Luka Modrich ustidan kuldi.
"Biz Luka Modrichni munosib taqdirlamadik. Uning so‘nggi yorqin yutug‘i Ispaniya kubogi finalida Kundega golli uzatmasi bo‘ldi," - deydi sharhlovchi.
O‘tgan mavsum Ispaniya kubogi finalida Jyul Kunde Luka Modrichning noto‘g‘ri uzatmasidan so‘ng to‘pni egallab oldi. Bir necha soniyadan so‘ng Kunde "Barselona" uchun g‘alaba va sovrin keltirgan golni urdi.
Modrich 13 yillik faoliyatidan so‘ng yozda "Real"ni tark etdi. Xorvatiyalik endi "Milan" sharafini himoya qiladi.