Ispaniya chempionatining 12-turida "Barselona" safarda "Selta"ni mag‘lub etdi - 4:2.
Mehmonlar safida Robert Levandovski (xet-trik) va Lamin Yamal, mezbonlar safida Serxio Karreyra va Borxa Iglesias o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Shu bilan birga, oltita goldan beshtasi birinchi bo‘limdayoq kiritildi.
"Selta" Ispaniya chempionati turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi - jamoa 12 o‘yindan keyin 13 ochko to‘plagan. "Barselona" (12 o‘yindan keyin 28 ochko) ikkinchi o‘rinda bormoqda.
La Liga. 12-tur
10 noyabr, dushanba, 01:00
Selta - Barselona - 2:4
Gollar: Levandovski, 10 - penaltidan (0:1). Karreyra, 11 (1:1). Levandovski, 37 (1:2). Iglesias, 43 (2:2). Yamal, 45 (2:3). Levandovski, 74 (2:4)
Selta: Radu, Alonso, Starfelt, Fernandes (Roman, 78), Karreyra, Moriba, Sotelo (El-Abdellaui, 78), Mingesa (Rodriges, 46), Duran, Iglesias (Aspas, 70), Xutgla (Saragosa, 58)
Barselona: Shesni, Balde (Martin, 86), Kubarsi, Arauxo, Garsiya, Fermin Lopes, Olmo (Kristensen, 86), de Yong, Reshford (Torres, 88), Levandovski, Yamal
Ogohlantirishlar: Roman, 90 - Kubarsi, 42. de Yong, 79. Reshford, 87. Levandovski, 89
Chetlatish: de Yong, 90 (ikkinchi sariq kartochka)