"Barselona" o‘zining rasmiy saytida bayonot bilan chiqdi. Bu darvozabon Mark-Andre ter Shtegenga tegishli bo‘lib, u mavsumoldi yig‘inlari avvalida bel og‘rig‘ini his qilgan edi.
"Barselona" bayonotida aytilishicha, 33 yoshli ter Shtegen Bordo shahrida muvaffaqiyatli operasiya qilingan. Nemis tiklanishining aniq muddatlari aytilmagan - ular jarayonning borishiga bog‘liq bo‘ladi.
Avvalroq, operasiyadan oldin ter Shtegen uning tiklanishi taxminan uch oy davom etishini aytgan edi.
Yozda Mark-Andre ter Shtegen "Barselona"ni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Xans-Diter Flik nemisga birinchi raqamli darvozabon sifatida umid qilmayapti.