Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba

КИР

«Barselona» «Real»ga qarshi o‘yindan rekord miqdorda foyda oldi

«Barselona» «Real»ga qarshi o‘yindan rekord miqdorda foyda oldi

Yaqinda bo‘lib o‘tgan «el-klasiko»da «Barselona» Madridning «Real» klubini mag‘lub etib, chempionlikni naqd qildi. Biroq ushbu uchrashuv kataloniyaliklar rahbariyati uchun nafaqat g‘alaba, balki boshqa jihati bilan ham quvonarli bo‘ldi.

Katta o‘yin — katta daromad demakdir, ammo «blaugrana» uchun bu galgi tushum rekord darajaga yetdi. As nashrining xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi «Real» bilan o‘yindan 16,4 mln yevro ishlab topgan. To‘g‘ri, bu raqam hali yakuniy emas, biroq u kamaymasligi aniq. Agar raqamlar o‘zgarsa, faqat o‘sish tomonga o‘zgarishi mumkin, chunki «Kamp Nou»dagi barcha daromad manbalari hali to‘liq hisoblab chiqilmagan.

Klub bosh direktori Manel Del Rio o‘yindan oldin ta’kidlaganidek, o‘tgan yili «Barselona»ning daromadi 14 mln yevroga biroz yetmagan edi. Joriy foydaning 80 foizini esa abonement egalari va individual chipta sotib olgan muxlislar ta’minladi.

Kiritildi: Bugun 16:53. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!