Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Barselona» prezidenti VAR va hakamlarni «Atletiko» bilan o‘yindagi xatolarda aybladi

«Barselona» prezidenti VAR va hakamlarni «Atletiko» bilan o‘yindagi xatolarda aybladi

«Barselona» prezidenti Joan Laporta Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi «Atletiko»ga qarshi bahslardagi hakamlikni keskin tanqid qildi. Kataloniya jamoasi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (0:2, 2:1) musobaqani tark etdi.

«Atletiko»ni yarim finalga chiqqani bilan tabriklayman. Ammo bu kechagi sharmandali hakamlik va VAR ishini oqlamaydi, buni qabul qilib bo‘lmaydi.

Birinchi o‘yinda bizning foydamizga toza penalti belgilanmadi, shuningdek, futbolchilarimizdan biri maydondan chetlatildi, vaholanki u faqat sariq kartochkaga loyiq edi — Juliano to‘pni nazorat qilmayotgandi. Hakam avvaliga buni to‘g‘ri aniqladi, ammo keyin VAR aralashdi va u qarorini o‘zgartirib, qizil kartochka ko‘rsatdi.

Ushbu qarama-qarshilikda hakamlarning qarorlari bizga katta zarar yetkazdi, javob o‘yinida ham shunday bo‘ldi. Kunde to‘pga osonlik bilan yetib olishi mumkin bo‘lgan vaziyatda o‘yinchimizni chetlatishdi, Erik oxirgi himoyachi emasdi. Hakam sariq kartochka ko‘rsatdi, bu to‘g‘ri qaror edi, lekin VAR uni qarorini o‘zgartirishga majbur qildi. Yana bir xato.

Ferranning goli inobatga olinishi, Olmoga nisbatan esa penalti belgilanishi kerak edi. Ferminga nisbatan bo‘lgan agressiyani esa... xohlaganingizcha baholang. Bunga chidab bo‘lmaydi, jarohatini tikishayotganda u rosa azoblandi, bu aqlga sig‘maydi.

Biz shikoyat qildik va bizga bu qabul qilinishi mumkin emasligini aytishdi. Endi biz buning sababini tushuntirishlarini so‘rayapmiz. Yuste yana bir shikoyat berilishini aytdi. Kecha bizga nisbatan qilingan ishlarni qabul qilib bo‘lmaydi. Bu chidab bo‘lmas holat, bu — sharmandalik», — dedi Laporta.

Kiritildi: Bugun 19:22. O'qildi: 332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!