Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Barselona"ning transfer rejalari ma’lum

"Barselona"ning transfer rejalari ma’lum

"Barselona" yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar bir qator futbolchilar bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.

Yaqinda Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta boshqa xaridlar bo‘lmasligini, jamoa safini kimdir tark etishi aniqligini aytdi. "Gazeta.Ru"ning Diario Sport nashriga tayanib xabar berishicha, "Barselona" yoz oxirigacha kamida ikkita sotuv transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Sport direktori Deku allaqachon chiquvchi bitimlar ustida ishlamoqda.

Joriy transferlar davrida "ko‘k-anorranglilar" hujumchi Pau Viktor ("Braga"), chap qanot himoyachisi Aleks Valye ("Komo") va yarim himoyachi Pablo Torre ("Malyorka") ni sotib yubordi, shuningdek, vinger Ansu Fatini ("Monako") ijaraga berdi.

Kiritildi: 09:49 28.07.2025. O'qildi: 854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!