Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Barselona"ning muhim futbolchisi mavsum oxirigacha safdan chiqdi

"Barselona"ning muhim futbolchisi mavsum oxirigacha safdan chiqdi

"Barselona" hujumchisi Ferran Torres joriy mavsumning qolgan o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

25 yoshli futbolchi appendisitni olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi, bu haqda klub chorshanba kuni xabar berdi. Jurnalist Xavi Migelning yozishicha, forvard joriy kampaniya yakuniga qadar tiklanishga ulgurmaydi. La Liganing "Espanyol" (15 may), "Vilyarreal" (18 may) va "Atletik Bilbao" (25 may) bilan qolgan o‘yinlarida "ko‘k-anorranglilar" Torressiz o‘ynashiga to‘g‘ri keladi.

Bugunning o‘zidayoq Hans-Diter Flik jamoasi "Espanyol"ni mag‘lub etsa, muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritadi.

Ferran Torresning hisobida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda 19 ta gol va yettita golli uzatma bor.

Kiritildi: 11:27 15.05.2025. O'qildi: 934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!