Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

"Barselona" Messi va Neymarni ortga qaytarishi mumkin

"Barselona" Messi va Neymarni ortga qaytarishi mumkin

"Barselona" o‘zining sobiq yulduz futbolchilari - argentinalik Lionel Messi va braziliyalik Neymarni qaytarishi mumkin.

Bu haqda El Gol Digital nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ikkalasi ham Kataloniya klubiga qaytish istagini bildirishgan.

Lionelning "Inter Mayami" bilan shartnomasi 2025 yilning dekabrida tugaydi, shuning uchun u "ko‘k-anorranglilar" safiga erkin agent sifatida qaytishi mumkin. Shu bilan birga, Neymarning qaytishi "Santos"da yaxshi formaga kira olsagina amalga oshishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Messi avvalroq AQShdagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng kelajagi haqida qaror qabul qilgan edi. Argentinalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning 31 dekabriga qadar tuzilgan, shundan so‘ng u “Barselona”ga qaytishni rejalashtirmoqda.

Messiing oilasining do‘sti Yanina Latorrening aytishicha, "Oltin to‘p"ning ko‘p karra sohibi Mayamida yashashni davom ettirishni istamaydi, u o‘z kelajagini faqat Ispaniyada ko‘radi.

Kiritildi: 11:27 02.02.2025. O'qildi: 3156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!