Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Barselona" Levandovskini qancha vaqtga yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

"Barselona" Levandovskini qancha vaqtga yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

"Barselona" forvardi Robert Levandovskining tiklanish muddati haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Avvalroq, Kataloniya klubi polyakning tizza osti payidan jarohat olganini ma’lum qilgandi. Jarohat tufayli hujumchi joriy oyning oxirigacha jamoaga yordam bera olmasligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Ammo jurnalist Tomash Vlodarchikning ta’kidlashicha, 36 yoshli Levandovski Ispaniya chempionatining 2-turidan o‘rin olgan "Levante"ga qarshi 23 avgust kungi o‘yinga qadar maydonga qaytishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" 1-turda "Malyorka" mehmoni bo‘ladi (16 avgust). Start hushtagi Toshkent vaqti bilan 22:30 da yangrashi kerak.

Kiritildi: 23:17 09.08.2025. O'qildi: 998 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!