"Barselona" "Kamp Nou" stadionida Personal Seat License biznes modeli bo‘yicha VIP-o‘rindiqlar sotilishini e’lon qildi.
Bu haqda "ko‘k-anorranglilar"ning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Shartnoma 30 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, ispan klubiga 100 million yevro olib keladi.
Biroq, birinchi 475 o‘rinni aynan kim sotib olgani noma’lumligicha qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" moliyaviy muammolar tufayli Dani Olmo va Pau Viktorni mavsumning ikkinchi qismida ro‘yxatdan o‘tkaza olmadi. Biroq kataloniyaliklar baribir sud orqali o‘z maqsadiga erishdilar.