Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

"Barselona" hujumchisini ikki klub o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

"Barselona" hujumchisini ikki klub o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

"Barselona" hujumchisi Pau Viktorga La Liganing boshqa klublari qiziqish bildirmoqda.

23 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda asosiy tarkibda deyarli maydonga tushmagan va "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati uni sotish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Viktorga "Betis" va "Sevilya" klublari da’vogarlik qilmoqda. "Betis" "Barsa" bosslari bilan yaxshi munosabatda bo‘lgani uchun futbolchi uchun bahsda favorit hisoblanadi.

Pau Viktor o‘tgan mavsumda Xans-Diter Flik jamoasi safida 29 ta o‘yinda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:09 01.07.2025. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!