Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Barselona" himoyachisi klubdan ketishi aniq bo‘ldi

"Barselona" himoyachisi klubdan ketishi aniq bo‘ldi

"Barselona"ning o‘ng qanot himoyachisi Ektor Fort tez orada klubni tark etadi. 19 yoshli futbolchi 16 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan La Liga 1-turidan o‘rin olgan "Malyorka"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritiladi va uchrashuv yakunlangach, ijaraga ketadi, deb xabar beradi Sport.

Ayni paytda o‘yinchida bir nechta takliflar bor - yaqin kunlarda ulardan birini qabul qiladi.

Avvalroq, "Barselona" Ektor Fortga ijaraga ketishni tavsiya qilayotgani, u Jyul Kunde va Erik Garsiya bilan asosiy tarkib uchun raqobatda g‘alaba qozona olmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yosh ispaniyalik "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy jamoasi safida jami 30 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 09:04 14.08.2025. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!