Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

«Barselona» Gvardiolaning «Siti»dagi «sevimli» himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Barselona» Gvardiolaning «Siti»dagi «sevimli» himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Manchester Siti» va Angliya terma jamoasi himoyachisi Jon Stouns yozda klubni tark etadi. Tomonlar amaldagi mehnat shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilishdi, demak, 31 yoshli futbolchi mavsum yakunida erkin agentga aylanadi.

Boshqa bir manbaning xabariga ko‘ra, tajribali himoyachi faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Kataloniyaning «Barselona» klubi Stounsni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Tekinga qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan top-darajadagi himoyachi «ko‘k-anorranglilar» uchun ayni muddao bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jon Stouns «Manchester Siti» safida jami 293 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 19 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U Gvardiola jamoasining ko‘plab sovrinlarni, jumladan, treblni qo‘lga kiritishida asosiy rollardan birini o‘ynagan edi.

Kiritildi: Bugun 15:10. O'qildi: 383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!