“Barselona” klubi “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmanning transferi borasida tezroq bir qarorga kelmoqchi.
Fransiyalik hujumchi shu paytgacha Kataloniya klubiga o‘tish-o‘tmaslik borasida bir qarorga kelmagan, kelajagi borasida esa jahon chempionatiga qadar bir qarorga kelishini ma’lum qilgandi. O‘z navbatida “Barselona” ham Grizmannga ultimatum qo‘ydi.
Ispan nashrlarining yozishicha, agar fransiyalik hujumchi kelayotgan shanba kuniga qadar yakuniy javobini aytmasa yoki “Barselona” taklifini rad etsa, “ko‘k-anorranglilar” “Monako” a’zosi Toma Lemarga e’tibor qaratishmoqchi.