Gavi "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirdi.
Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
20 yoshli yarim himoyachining "Barselona" bilan yangi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Gavi "ko‘k-anorranglilar" akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Klub tarkibida u 2022/23 yilgi mavsumda Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.