Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

«Barselona»ga qarshi o‘yinda «PSJ»ning uch futbolchisi jarohatlandi

«Barselona»ga qarshi o‘yinda «PSJ»ning uch futbolchisi jarohatlandi

«PSJ»ning uch nafar futbolchisi «Barselona»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.

Jamoalar Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turi doirasida «Park-de-Prens» stadionida o‘zaro bahs olib borishdi (2:4).

57-daqiqada Xvicha Kvarasxeliya Xavi Espart bilan to‘p uchun kurashda maydonga yiqildi. «PSJ» yarim himoyachisi o‘yinni davom ettira olmadi va shifokorlar yordamida maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Magn Akliush maydonga tushdi.

Xvicha bilan bir vaqtda jarohat olgan Markinyos ham almashtirildi. Braziliyalik futbolchining o‘rniga Ilya Zabarniy o‘yinga qo‘shildi.

Birinchi bo‘limda Usmon Dembele ham jarohat olgan edi.

Kiritildi: 09:00 21.10.2026. O'qildi: 764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!