Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Barselona"ga Neymar bilan 50 mln yevro evaziga shartnoma imzolash taklif etildi

A A A
"Barselona"ga Neymar bilan 50 mln yevro evaziga shartnoma imzolash taklif etildi

"Barselona"ga PSJ hujumchisi Neymar bilan 50 million yevro evaziga shartnoma taklif etildi.

Kataloniya klubiga PSJ tomonidan vositachilar qo‘ng‘iroq qilishdi. "Barselona"ga Parij klubi bilan muzokaralarda muammo bo‘lmasligi va’da berildi.

30 yoshli braziliyalikning o‘zi esa "Barsa"ga qaytishdan mamnun bo‘lar edi. Bu hujumchi ketishga tayyor bo‘lgan yagona klub.

Ammo, kataloniyaliklar hozirda Neymar bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqishmayapti, sababi ular "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskining transferiga e’tiborlarini qaratishgan.

Neymar o‘tgan mavsum parijliklar safida barcha musobaqalarda 28ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol va 8ta assist qayd etdi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 21:11 23.06.2022. O'qildi: 2155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!