Yarim himoyachi Fermin Lopes qishki transfer oynasida Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin edi. Ispaniyaning «Sport» nashri o‘z sahifalarida xabar berishicha, "Manchester Yunayted" va "Aston Villa" Lopes uchun 70 million yevro to‘lashga tayyor edi. Biroq 21 yoshli futbolchi transferdan bosh tortdi.
Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" o‘tgan yili ham Lopesga qiziqish bildirgan, biroq o‘shanda ham rad etilgandi. Futbolchi "Barselona"da o‘ynashni davom ettirmoqchi.
2024/2025 yilgi mavsumda Fermin Lopes "Barselona" safida 24 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va jamoadoshlariga 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.