Gavining jarohati jiddiy bo‘lmasa kerak. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Shu bilan birga, "Barselona" yarim himoyachisi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
"Valyadolid"ga qarshi o‘yinning 78-daqiqasida 20 yoshli futbolchi maydonga o‘tirib, sonining orqa qismini ushlab oldi. U o‘yinni davom ettira olmadi, uning o‘rniga Erik Garsiya maydonga tushdi.
6 may kuni "Barsa" Chempionlar Ligasi javob yarim finalida "Inter" bilan, 11-kuni esa La Ligada "Real" bilan o‘ynaydi.