"Barselona" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Leon" o‘rniga ishtirok etish uchun FIFAga murojaat qildi.
May oyida AQShda bo‘lib o‘tayotgan turnirda Meksikaning "Leon" jamoasi ishtirok etmasligi ma’lum bo‘lgandi. Klub klublarga egalik qilish qoidalarini buzgani uchun turnirdan chetlatildi.
Marca xabariga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Barselona" ishtirok etishni istagan. Kataloniyaliklar FIFAga tegishli iltimos bilan murojaat qilishdi, ammo rad javobini olishdi.
Qayd etilishicha, federasiya bo‘sh o‘rinni KONKAKAF mintaqasidan bo‘lgan jamoa egallashi kerak, degan qarorga kelgan.