Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

"Barselona"da Yamal sabab katta mojaro pishib yetilmoqda

"Barselona"da Yamal sabab katta mojaro pishib yetilmoqda

Kataloniyaning "Barselona" klubida jamoaning 17 yoshli vingeri Lamin Yamal tufayli keskin muhit yuzaga kelmoqda. Bu haqda El Nacional jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, bu yil yozda yulduz futbolchi 18 yoshga to‘ladi. Shundan so‘ng uning "ko‘k-anorranglilar" bilan tuzgan professional shartnomasi kuchga kiradi. Kelishuv shartlariga ko‘ra, uning maoshi bir mavsum uchun 35 milliondan 40 million yevrogacha bo‘lishi mumkin. Lamin yoshligida jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi. "Barselona"ning tajribaliroq futbolchilari bu omildan norozi. Ularning fikricha, Yamal 18 yoshida klubda eng katta maosh olmasligi kerak.

La Liganing joriy mavsumida 17 yoshli ispaniyalik 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:22 03.05.2025. O'qildi: 751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!