«Barselona» rahbariyati jamoaning Chempionlar ligasida ishtirok etishdan chetlatilishi mumkinligidan jiddiy xavotirda. Bu haqda Marca xabar berdi.
Jamoaga nisbatan intizomiy chora qo‘llanishiga «Negreyra ishi» bo‘yicha davom etayotgan tergov sabab bo‘lishi mumkin.
Mazkur ish kataloniyalik klub tomonidan Ispaniya hakamlar texnik qo‘mitasining sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga tegishli tuzilmalar hisob raqamlariga bir necha yil davomida amalga oshirilgan moliyaviy to‘lovlar bilan bog‘liq.
Ushbu holatlar munosabati bilan «Barselona»ga nisbatan Yevropa futbol maydonida turli cheklovlar qo‘llanishi xavfi yuzaga kelgan.