Ispaniya chempionatidagi qat’iy moliyaviy feyr-pley qoidalari sabab "Barselona"ning moliyaviy ahvoli idealdan yiroq.
Ba’zan klub maosh limitiga rioya etish uchun turli yo‘llarni izlashga majbur bo‘ladi. Biroq bu "ko‘k*anorranglilar"ning top darajadagi futbolchilar haqida orzu qilishiga to‘sqinlik qilmayapti.
Prezident Joan Laporta davrida ko‘p yillardan beri Boshqaruv kengashi a’zosi bo‘lib kelayotgan Joan Solerning aytishicha, klub Xulian Alvares yoki Erling Holand kabi yuqori saviyadagi hujumchilarni taklif qilish imkoniyatiga ega, chunki bunday transferlar o‘zini oqlaydi. Shu bilan birga, "Barselona" bunday transferlarning moliyaviy jihatini ham doim hisobga olishi kerak.
"Ha, biz Alvares yoki Holand kabi o‘yinchilar bilan bitim imzolashimiz mumkin. Bu transferlar besh yil ichida o‘zini oqlaydi va "Barselona"ning moliyaviy holati bunga tayyor. Biroq baribir klub maoshlar tuzilmasi bo‘yicha majburiyatlarga juda ehtiyotkorlik bilan yondashishi kerak. Biz o‘zimiz uchun limit belgilaganmiz va uni oshirmaymiz. Biz o‘yinchilarni bozor narxida qo‘lga kiritishimiz kerak, shu bilan birga, maoshlar masalasini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim", – dedi Soler.