Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

"Barselona" bosh murabbiyi "el-klasiko"dagi ketma-ket 4 ta g‘alaba haqida fikr bildirdi

A A A
"Barselona" bosh murabbiyi "el-klasiko"dagi ketma-ket 4 ta g‘alaba haqida fikr bildirdi

Xans-Diter Flik "Barsa"ning joriy mavsumda "Real" ustidan qozongan 4 ta g‘alabasiga izoh berdi.

Joriy mavsumda kataloniyaliklar madridliklarga qarshi barcha rasmiy o‘yinlarda g‘alaba qozonishdi: Ispaniya Superkubogida 5:2, Ispaniya Kubogi finalida 3:2, La Ligada 4:0 va 4:3.

"Muxlislar va klub uchun, "Real"ga qarshi to‘rtta o‘yinni qanday o‘tkazganimizdan, so‘nggi uchrashuvda qanday javob qaytarganimizdan juda xursandman. Bu juda zo‘r edi.

Ular 24 daqiqa davomida bizning yarim maydonimizda to‘pga teginishmadi va barchasi bizning tuzilmamiz tufayli. Bu ajoyib edi, faxrlansak arziydi.

Men xursandman, chunki bu muxlislar uchun muhimligini bilaman. Yo‘q, men kitob yozmayman. Bittasini yozib bo‘ldim, shuning o‘zi menga kifoya.

Bor kuchim "Barsa"ga yo‘naltirilgan, klubda ishlash menga yoqadi. Diqqatimni o‘z jamoamga qarataman va boshqalar haqida o‘ylamayman," - dedi "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik.

Kiritildi: 18:46 14.05.2025. O'qildi: 384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!