Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Barselona" angliyalik yulduz transferini hal qildi!

"Barselona" angliyalik yulduz transferini hal qildi!

Hammasi hujumchi Markus Reshford faoliyatini Ispaniyada davom ettirishiga qarab ketmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda taniqli insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, shanba kuni oxirigacha Reshfordning ijara shartlari sotib olish huquqi bilan uzil-kesil kelishib olinadi. Og‘zaki darajada barcha tomonlar allaqachon kelishib olgan.

Barchasi uzil-kesil hal bo‘lgach, "Manchester Yunayted" 27 yoshli Reshfordga Ispaniyaga ketishga ruxsat beradi. Yaqin kunlar ichida Markus "Barselona" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Xabaringiz bor, Markus Reshford so‘nggi vaqtlarda "Manchester Yunayted"ning asosiy tarkibidan alohida shug‘ullanib kelayotgandi, u Ruben Amorimning rejalarida anchadan beri yo‘q.

Kiritildi: 20:47 19.07.2025. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!