Bugun 12 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Barselona" afsonasi Andres Inyesta firibgarlikda gumon qilinmoqda

"Barselona" afsonasi Andres Inyesta firibgarlikda gumon qilinmoqda

Kataloniyaning "Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Andres Inyesta firibgarlik sxemalarida ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, "ko‘k-anorranglilar" afsonasi Peru prokuraturasi tomonidan tergov qilinmoqda. Inyestaning firibgarlik sxemasida ishtirok etishi natijasida bir nechta tadbirkorlar 600 ming dollardan ortiq zarar ko‘rgan. Andresning obro‘si tadbirkorlarni aksariyati o‘tkazilmagan sport va musiqiy shoularni moliyalashtirishga ishontirish uchun ishlatilgan.

Inyesta faoliyatining ko‘p qismini "Barselona"da o‘tkazgan. Keyin u "Vissel Kobe" va "Emireyts"da o‘ynadi.

Kiritildi: 14:55 11.11.2025. O'qildi: 474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!