"Barselona" Chempionlar ligasining "Inter" bilan yarim finalning ikkala o‘yinida ham birinchi bo‘limda kamida ikkitadan gol o‘tkazib yubordi.
Kataloniyaliklar 1997 yilning noyabr oyidan beri birinchi marta Chempionlar ligasining ketma-ket ikkita o‘yinida tanaffusga qadar 2+ gol o‘tkazib yuborishdi.
"Dinamo" Kiyev buni 28 yil oldin uddalagan edi.
1997/98 yilgi Chempionlar ligasida kiyevliklar guruh bosqichida "Barsa"ni ikki marta mag‘lub etishgan - 3:0 va 4:0. O‘yinlar 1997 yil 22 oktyabr va 5 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan edi.