«Barselona» rasmiy sayti 2019/20 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, klub moliyaviy hisobotini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, Kataloniya klubining o‘tgan mavsumdagi moliyaviy zarar miqdori 97 million yevroga yetgan. Kamomadlarga koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan. La Liga va Chempionlar ligasida o‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tkazilgani klubni katta miqdordagi daromaddan mahrum etgan.
Katalon klubining ortda qolgan mavsumdagi umumiy daromadi 855 million yevroni tashkil qildi, chiqim esa — 955 million yevro. 2018/19 yilgi mavsum bilan solishtirganda daromad 135 millionga kamaygan, chiqimlar esa 18 millionga.
«Barselona»ning 2020/21 yilgi mavsum uchun taxminiy byudjeti 791 million yevroni tashkil etadi.