Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

"Barsa" yana "klasiko"da g‘olib!!!

"Barsa" yana "klasiko"da g‘olib!!!

"Barselona" o‘z maydonida La Liga 35-turidan o‘rin olgan o‘yinda "Real"ni mag‘lub etdi - 4:3.

Kataloniyaliklar safida Rafinya dubl qayd etgan bo‘lsa, Lamin Yamal va Erik Garsiya bittadan gol urdi. Ferran Torres uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Madridliklar safida Kilian Mbappe het-trik qayd etdi, Vinisius Junior ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Mbappe debyut mavsumida gol urish bo‘yicha "Real"ning yangi rekordini o‘rnatdi - 39 ta gol.

"Barselona" mavsumdagi to‘rtta o‘yinning barchasida "Real"ni mag‘lub etdi.

"Ko‘k-anorranglilar" 82 ochko jamg‘arib, La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Qaymoqranglilar" esa 75 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 21:23 11.05.2025. O'qildi: 933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!