Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Barsa» va «Real» o‘rtasidagi munosabatlar qanday ekanligi aytildi

«Barsa» va «Real» o‘rtasidagi munosabatlar qanday ekanligi aytildi

"Barselona" prezidenti Joan Laporta o‘z klubi "Real" bilan juda yomon munosabatda ekanini aytdi.

Laporta Ispaniya Superkubogi finali munosabati bilan Ispaniya qirollik futbol federasiyasi (RFEF) tomonidan tashkil etilgan tushlikda ishtirok etdi.

"Madridning "Real" klubi bilan munosabatlar juda yomon va hozirda barbod bo‘lgan. Ularni har doim tiklash mumkin, ammo hozir vaziyat shunday," - dedi Kataloniya klubi rahbari.

"Barselona" va "Real" Ispaniya Superkubogi finalida to‘qnash keladi. Uchrashuv ertaga, 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.

Kiritildi: 23:56 10.01.2026. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!