Ispaniya chempionatining 33-turida "Barselona" "Malyorka" ustidan g‘alaba qozondi - 1:0.
Kataloniyaliklar raqib darvozasiga 38 marotaba zarba yo‘lladi, biroq faqat bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. G‘alaba to‘pini Dani Olmo kiritdi.
Kataloniyaliklar yana "Real" bilan ochkolar farqini 7 taga yetkazib oldi. Madridliklar ertaga "Xetafe" mehmoni bo‘ladi.