RFEF «Barselona»ning «Osasuna» bilan o‘yin sanasini o‘zgartirish borasidagi apellyasiyasini rad etdi.
La Liganing 27-tur bahsi 8 mart kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo kataloniyaliklarning shifokori vafot etganligi sababli o‘yin 27 martga qoldirildi.
«Barselona» bu qarorga shikoyat yo‘lladi, chunki 27 mart kuni jamoaning 6 o‘yinchisi — Rafinya, Ronald Arauxo, Fermin Lopes, Pablo Torre, Jerar Martin va Ektor Fort hali milliy jamoalar ixtiyoridan qaytmagan bo‘lishadi.
Ammo Ispaniya qirollik futbol federasiyasi (RFEF) qo‘mitasi kataloniyaliklarning apellyasiyasini rad etdi. «Barsa» — «Osasuna» o‘yini munosabati bilan La Liga 28 martda o‘tishi kerak bo‘lgan «Atletik» — «Osasuna» bahsini 30 martga qoldirdi.