Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Barsa” bu transfer uchun kurashda “Real”ni ortda qoldirmoqchi

“Barsa” bu transfer uchun kurashda “Real”ni ortda qoldirmoqchi

“Liverpul”ning Angliya chempionligini qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shgan fransiyalik himoyachi Ibraima Konate Ispaniyaning ikki grandi o‘rtasida talash bo‘lmoqda.

26 yoshli o‘yinchining shartnomasi 2026 yilning 30 iyun kuni tugaydi. Mersisaydliklar uni “Enfild”da qolishga ko‘ndira olmadi.

“Real” anchadan beri Konateni nishonda ushlab turibdi. Madridliklar xuddi Trent Aleksander-Arnold bilan bo‘lganidan Ibraima bilan ham oldindan transferni kelishib qo‘ymoqchi bo‘lyapti. “Qirollik klubi” Konateni kelasi yoz erkin agent sifatida o‘z jamoasiga qo‘shib olmoqchi.

Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, Konate uchun kurashga “Barselona” qo‘shildi. Kataloniya klubi xo‘jayinlari Ibraima germaniyalik murabbiy Xans-Diter Flik amalga oshirayotgan loyihaga ideal darajada mos, degan xulosaga keldi.

Demak, “Real” va “Barsa” nafaqat futbol maydonida, balki undan tashqarida ham o‘z maqsadlariga erishish uchun jiddiy raqobat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 23:56 26.07.2025. O'qildi: 1100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!